Теги
Кино Soundtreck










Минусофки








Талабалар
Наш опрос
Qaysi Xonandanni Qo'shiqlarini Saytimizga ko'proq joylashimizni istaysiz?
Всего ответов: 28
Статистика

    Онлайн всего:  6 1
    Гостей:    6 1
    Пользователей:    0

Primera Taronalar
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Alisher Zokirov-Menman 2018
Alisher Zokirov-Menman 2018
Qiziqarli maqolalar
Kompyuterga 2 ta monitor ulash


Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi(bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi
 (bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi.

Kompyuterga ikkinchi monitorni fizik ulash uchun, quyidagi ulanishlardan birini amalga oshirish lozim:
1. Bir necha portga ega videokarta orqali.

Bitta videokartada bir necha portlar mavjud bo‘lib, ular alohida-alohida ishlaydi. Bu portlar VGA, HDMI, DVI bo‘lishi mumkin:

Har bir monitor bu portlardan biriga ulanadi va alohida-alohida ishlaydi. Hozirgi kunda bunday videokartalarni topish muammo emas, lekin bu videokarta ishdan chiqsa, ikkala monitor ham ko‘rsatmaydi.

2. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash. Agar videlkartada bir nechta port mavjud bo‘lmasa, videosignallarni ikkiga bo‘lib beruvchi splitter kabellardan foydalanish mumkin, kirish bitta chiqish ikkita.

Splitterlarni har xil portlilari mavjud. Bu usul ikkita monitor ulashning eng ommabop usuli hisoblanadi. Arzon variant.

3. Qo‘shimcha videokarta ulagan holda. Buning uchun kompyuter platasida(материнская плата), ikkinchi monitor uchun raz’yem bo‘lishi lozim.

Alohida-alohida ikkita videokartaga monitor ulanadi.

Fizik ulanish usullarni ko‘rib chiqdik, endi sozlashlarni ko‘ramiz.

Dastlab, qaysi monitor asosiy ekanligini aniqlab olishimiz lozim. Asosiy monitor bu — kompyuter yonganda yoki yonayotganda ishlatiladigan va asosiy «ярлык«lar(Moy kompyuter,…) joylashadigan monitordir.

Kompyuter yongandan so‘ng, quyidagi adresga kiramiz(Windows 7 tizimi uchun):
ПУСК -> ПАНЕЛЬ УПРАВЛЕНИЯ -> ЭКРАН — > НАСТРОЙКА ПАРАМЕТРОВ ЭКРАНA.

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ikkita monitor ulangan. «Определить«tugmasi orqali qaysi monitor asosiyligini bilib olish mumkin. Sozlash ishlari shu joyda amalga oshiriladi.

Win+P tugmasini bosgan holda, ikkita monitorni qanday qilib ishlatishni sozlash mumkin.

Bu rasm orqali quyidagilarni belgilash mumkin:

— только компьютер. Faqat bitta asosiy monitor ulanadi;

— дублировать. Asosiy monitor ikkinchi monitorga nusxalanadi. Asosiy monitorda nima bo‘lsa, ikkinchisida ham shu ko‘rsatiladi(ko‘rgan bo‘lsangiz, paynet shaxobchalarida shu usuldan foydalanishadi, nomerni kliyentga ko‘rsatish uchun);

— расширить. Ekranni uzunlashtiradi, ya’ni ikkita monitorda har xil ishlarni bajarish mumkin bo‘ladi(dasturchilar, o‘yinchilar uchun qulay);

— только проектор. Proyektorlar ulash uchun ishlatiladi.

 Kerakli variantni tanlang va rohatlanib ishlang.
Turkum: Texnalogiya | Qo'shilgan: ADMIN (02.01.2016)
Ko'rishlar: 581
         Kirish

    Логин:
    Пароль:
         Аудио
        Андроид
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
        Фото
        Мултфилм Музика







Design by © Diydor