Теги
Кино Soundtreck










Минусофки








Талабалар
Наш опрос
Qaysi Xonandanni Qo'shiqlarini Saytimizga ko'proq joylashimizni istaysiz?
Всего ответов: 28
Статистика

    Онлайн всего:  6 1
    Гостей:    6 1
    Пользователей:    0

Primera Taronalar
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Alisher Zokirov-Menman 2018
Alisher Zokirov-Menman 2018
Qo'shimcha ma'lumotlar
Ko'zlaringizni asrang!


Televizor yoki kompyuter ekranidan
chiqayotgan sun`iy nur bizning
ko`zimizga zararli ta`sir etadi.
Televizor, kompyuter oldida ko`p
vaqtini o`tkazadigan kishilarga
fransuz oftalmologi Marsel Menu
o`z tavsiyalarini bermoqda.
Aniqlanishicha ichki his tuyg`ular
ham ko`rish faoliyatimizga o`z
ta`sirini o`tkazmay qolmas ekan.
Ruhiy ta`sir qilish orqali ham
ko`rishimizni biroz yaxshilash
mumkin. Masalan, "Men juda
yaxshi ko`ryapman" , deb
o`ylashning o`zi ham bu faoliyatni
ma`lum darajada kuchaytiradi.
Uzoqni ko`ra olmaslik sababi ko`p
hollarda bolalikdagi ruhiy buzilish
bo`lishi aniqlangan.
Ruhiy ta`sirlar ko`z mushaklariga
ta`sir o`tkazadi. "Bundan qanday
qutulish mumkin?", deb
o`ylayotgan bo`lsangiz, bu qiyin
va o`z navbatida amalga oshirib
bo`ladigan ishdir. Amerikalik
oftalmolog Beytsning aytishicha,
uning patsiyent (mijoz)larining
asosiy qismi ko`z mushaklarining
ruhiy ta`sirlanishi bilan
kasallangan. U kun davomida bir
necha bora ko`zlarni kaft bilan
yopib, mashq qilishni tavsiya
qilgan. Chunki, kaft markazi
qorachiq markazi qarshisida
joylashgan.
Televizor yoki kompyuter qarshisda
uzoq vaqt o`tkazadigan kishining
ko`zlari uzluksiz nurlardan
charchaydi. Odatda, biz
ko`zlarimizni bir daqiqada 20
martagacha ochib-yopamiz. Bunda
ko`zlar ko`z yoshi bilan namlanib,
shox parda namligi saqlanib
turadi. Ekranga qarab o`tirganda
ko`zni ochib-yopish deyarli uch
barobar kam bo`ladi va ko`zimiz "
qurib" qoladi. Keyin esa qichishish
hissi paydo bo`ladi.
Bu holatda eng yaxshi yordam
beradigan narsa - ko`zlarni sun`iy
namlashdir. Buning uchun
quyidagi amallarni bajarish lozim:
- 30 soniya ko`zingizni tez-tez
ochib, yoping. Shuncha vaqt
oldinga qarab turing. Bu amalni
uch bora takrorlang.
- Ko`zingizni yuming va ko`z
olmasini chap-yuqori-o`ng-pastga
yo`nalishida to`rt marotaba
harakatlantiring.
- Ko`zingizni yuming va pastga-
yuqoriga harakatlantiring. Bu
mashqni 8 marta bajaring.
- Ko`zni qattiq yoping vazudlik
bilan oching. Bu hoоatni besh
marta takrorlang.
Kompyuter ekrani ko`z
kasalliklarini qo`zg`atmaydi. Lekin,
u ko`zdagi kichik defektlarni ham
yuzaga chiqarishi mumkin. Yaqinni
ko`ra olmaydigan, astigmatizm
bilan og`rigan kishilar, uzoqni
ko`ra olmaydigan kishilarga
nisbatan kompyuter oldida tez
toliqishadi. Ularda ko`zining tez
charchashining sababi ikki hil
xarakterga ega ko`z olmalarini bir
nuqtaga jamlash uchun ko`proq
energiya sarflashdir.
Ko`zlarni moslashtirish jarayonida
bosh og`rishi kuzatilishi ham
mumkin. Kompyuterda 3-4 soat
ishlagandan so`ng, ko`zlarga dam
berish kerak. Kompyuter turgan
xona juda yorug` yoki aksincha,
qorong`u bo`lmasligi lozim.
Yorug`lik manbai ekranga soya
tushadigan bo`lmasin. Ko`zingizga
qo`l ostingizdagi narsalar bilan
yordam bering.
Ko`zga tinchlantiruvchi va
tozalovchi kompress:
Kartoshkani parrakqilib kesing va
ular yordamida qovoqlaringizni
berkiting. barcha narsalarni
unutib, besh daqiqa dam oling.
So`ng kartoshkani olib
tashlashingiz mumkin.
Ko`z charchashini kamaytirish
usuli:
Ko`zingizni bir necha marta sovuq
suv bilan chayqab tashlang.
Qovoqlarni barmoqlar yordamida
bosing, bir necha daqiqa shunday
o`tiring. Bu vaqtda hech narsa
haqida o`ylamaslikka harakat
qiling.
Tozalovchi kompress:
Har kuni achchiq choy bilan
ko`zlarni yuvish yaxshi foyda
beradi. Bunda ko`z nafaqat dam
oladi, balki, u yorqinlashadi hamda
ajinlar kamayadi.
Vitaminlar ham sizning ko`zingizga
yaxshi foyda beradi. Birnchi
navbatda ko`z uchun A vitamin
zarur. Uning yetishmovchiligi
ko`zlarning tez charchashiga sabab
bo`ladi. Ertalab qovoqlarning
shishganligi aynan shu vitamin
yetishmovchiligini ilk belgilaridan
sanaladi. Bu vitamin sut
mahsulotlari, tuxum, jigar va baliq
yog`ida ko`p miqdorda bo`ladi.
Agar ko`zingiz quruq va ta`sirchan
bo`lib qolgan bo`lsa, sizga B
guruh vitaminlari
yetishmayotganligi haqida o`ylash
mumkin. Bu vitaminlar
qo`ziqorinlar, dukkakli mahsulotlar,
banan,sabzida ko`p bo`ladi.
Sitrus mevalar, qora smorodina,
kartoshka, petrushkada ko`p
bo`ladigan S vitamini sababli ko`z
mushaklari harakatchanligi
ta`minlanadi va erta qarishining
oldi olinadi.
Tekshiruvlardan ma`lum
bo`lishicha, katarakta va ko`z
mushaklarining qarilik
degradatsiyasi (ko`z mushaklari
quvvatsizligi) ni S, E vitaminlari,
antioksidantlar, seleln, magniy,
ruxga boy mahsulotlar iste`moli
orqali kamaytirish mumkin.
Albatta, faqatgina vitaminlar
yordamida ko`zni to`liq davolab
bo`lmaydi. Shu bilan bir qatorda
hayot tarzini yaxshilashga ham
e`tibor berish kerak. Ko`zning eng
katta " dushmani" qatorini-
chekish, tik tushgan quyosh
nurlari, kam uyqu, tananing
suvsizlanishi tashkil qiladi. Aynan
shu narsalarga e`tibor ham
ko`zlaringizni charog`onligini
ta`minlaydi.
Turkum: Qiziqarli Saxifa | Qo'shilgan: ADMIN (16.02.2016)
Ko'rishlar: 350
         Kirish

    Логин:
    Пароль:
         Аудио
        Андроид
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
        Фото
        Мултфилм Музика







Design by © Diydor