Теги
Кино Soundtreck










Минусофки








Талабалар
Наш опрос
Qaysi Xonandanni Qo'shiqlarini Saytimizga ko'proq joylashimizni istaysiz?
Всего ответов: 28
Статистика

    Онлайн всего:  6 1
    Гостей:    6 1
    Пользователей:    0

Primera Taronalar
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Alisher Zokirov-Menman 2018
Alisher Zokirov-Menman 2018
16:57
Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san’atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi
Joriy yil aprel oyida Toshkent shahri sahnalarida Rossiyaning mashhur san’atkorlari — dirijyor Valeriy Gergiyev boshchiligidagi Mariinskiy teatri simfonik orkestri, balerina Diana Vishnyova va mazkur teatr balet truppasi hamda dirijyor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi. 12:32, 07.04.2017 Madaniyat 61 161 Facebook Twitter Odnoklassniki Joriy yil aprel oyida Toshkent shahri sahnalarida Rossiyaning mashhur san’atkorlari — dirijyor Valeriy Gergiyev boshchiligidagi Mariinskiy teatri simfonik orkestri, balerina Diana Vishnyova va mazkur teatr balet truppasi hamda dirijyor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi. Foto: “TASS” Foto: “TASS” 13-aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida rossiyalik atoqli dirijyor, Mariinskiy teatri badiiy rahbari Valeriy Gergiyev boshchiligidagi teatr simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tadi. Mashhur sozandalar bilan birgalikda sahnaga o‘zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov ham ko‘tariladi. 14-aprel kuni Rossiya xalq artisti, Diana Vishnyova o‘zbekistonlik muxlislarni o‘z san’atidan bahramand etadi. Mariinskiy teatri prima-balerinasi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadigan kechada “Karmen-syuita” baletini taqdim qiladi. Shuningdek, teatr balet truppasi solistlari tomonidan “Don Kixot”, “Oqqush ko‘li”, “Anna Karenina”, “Shahrizoda” va boshqa balet asarlaridan parchalar namoyish etiladi. 26-aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri konsertiga mezbonlik qiladi. Kechada rossiyalik yetakchi opera solistlari — Anna Aglatova, Vasiliy Ladyuk va maxsus mehmon — O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov ham ishtirok etadi. Toshkentdagi mumtoz san’at kechalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Turkum: So'ngi yangiliklari | Ko'rishlar: 430 | Qo'shilgan: ADMIN | Reyting: 0.0/0
         Kirish

    Логин:
    Пароль:
         Аудио
        Taqvim
        Андроид
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
        Фото
        Мултфилм Музика







Design by © Diydor