Теги
Кино Soundtreck










Минусофки








Талабалар
Наш опрос
Siz Qaysi Radioni Tinglaysiz ?
Всего ответов: 25
Статистика

    Онлайн всего:  6 1
    Гостей:    6 1
    Пользователей:    0

Primera Taronalar
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Alisher Zokirov-Menman 2018
Alisher Zokirov-Menman 2018
21:13
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xitoydan 11 ta yuk elektrovozini xarid qildi
 
"O‘zbekiston temir yo‘llari” lokomotivlar parkini yangilashning ikkinchi bosqichi doirasida Xitoyda ishlab chiqarilgan 11 dona O‘z-ELR elektrovozini xarid qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Elektrovozlar Xitoyning CNTIC konsorsiumi – Dalyan elektrovozsozlik zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ushbu kompaniya lokomotivlar parkini yangilashda "O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan bir necha yildan beri yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.

– Yangi elektrovozlar og‘ir yuklarni tog‘ sharoitida tashishga moslashtirilgan bo‘lib, shu turdagi boshqa lokomotivlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, – deydi "O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Nusratillo Abdullayev. – Jumladan, zamonaviy tormozlanish tizimlari va kompleks xavfsizlik qurilmalari o‘rnatilgani bois elektr energiyasi sarfi 5—8 foizga kamayadi. Ekologik xavfsizlik bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan lokomotiv Toshiba (Yaponiya) kompaniyasida ishlab chiqarilgan ekologik toza asinxron elektr dvigatellari, nosozliklarni tahlil qiladigan mikroprotsessor tizimi bilan jihozlangan. Sarflanadigan materiallar resursi zamonaviy materiallar qo‘llanishi hisobidan 15 foizga ko‘paygan, elektrovozning havo rezervuari har qanday iqlim sharoitida undan ishonchli foydalanishga xizmat qiladi.

Elektrovozning quvvati 7200 kVtga teng bo‘lib, konstruksion tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etadi. Yangi lokomotivlarda qo‘llanilgan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejash barobarida teplovozlarda ishlatilayotgan yonilg‘i sarfi 2—2,5 marta kamayishiga olib keladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xarid qilingan yangi O‘z-ELR elektrovozlari yuk tashish hajmini yanada ko‘paytirish imkonini beradi.

Turkum: So'ngi yangiliklari | Ko'rishlar: 358 | Qo'shilgan: ADMIN | Reyting: 0.0/0
         Kirish

    Логин:
    Пароль:
         Аудио
        Taqvim
        Андроид
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
        Фото
        Мултфилм Музика







Design by © Diydor