Теги
Кино Soundtreck










Минусофки








Талабалар
Наш опрос
Qaysi Xonandanni Qo'shiqlarini Saytimizga ko'proq joylashimizni istaysiz?
Всего ответов: 28
Статистика

    Онлайн всего:  6 1
    Гостей:    6 1
    Пользователей:    0

Primera Taronalar
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Zohirshoh Jo'rayev-Dar kunji dilam 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Hurshid Tursunov-Yomg'irli osmon 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Faxriddin Usubaliyev-Qiynama 2019
Alisher Zokirov-Menman 2018
Alisher Zokirov-Menman 2018
14:14
Xonanda Shahnozabonu olamdan o'tdi

Shahnozabonu yaqindagina og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan edi.

Bugun, 14 mart kuni tongda taniqli xonanda Shahnozabonu olamdan o‘tdi. Bu haqda xonandaning yaqinlari xabar berdi. Xonanda Shahnozabonu yaqindagina og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan edi.

Xonanda 1974 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan edi. Bir qizning onasi bo‘lgan Shahnozabonu 2000 yillardan boshlab tilga tusha boshladi. Bunda xonandaning "Qizalog‘im”, "Do‘st”, "Qizg‘onaman” nomli qo‘shiqlarining o‘rni beqiyos.

Qandolatpazlikdan ish boshlab, Toshkent shahrida eng namunali kelin sifatida e'tirof etilgan Shahnozabonuni ko‘pchilik nafaqat xonanda, balki qo‘li gul pazanda sifatida yaxshi bilardi. Bir vaqtlar tort va shirinliklar pishirsh bo‘yicha uning tengi yo‘q edi. Iqtidorli kishi har narsada iqtidorli bo‘ladi deyishadi. Shahnozabonuning yashirin iqtidori ham kun kelib kurtak ochdi va u xonandalikka kirishdi.

Shahnozabonuning ijodi yillar davomida sayqal topib, u o‘zbek shou-biznesidagi suyukli va taniqli xonandalar qatoridan o‘rin oldi. U ijro etgan "Qizalog‘im” taronasi mana necha yillarkim tildan-tilga o‘tib kelmoqda. Qiz tug‘ilgan hech bir xonadon yo‘qki, ushbu qo‘shiq baralla jarang sochmasa.
 
Yaqindagina xonandaning otasi bilan uchrashgan edik. "Qizimni Xudo qaytarib berdi.Juda og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazdi. Betob bo‘lib, shifokorga murojaat qilmay yuravergan ekan”, – degan edi boyaqish.

Biz Shahnozabonuning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Xonandaning siymosi qo‘shiqlari bilan xalqimiz xotirasida muhrlanib qolajak.
diydor-studio.com sayti Shahnozabonuning oila a'zolariga o'z hamdardligini bildiradi.

Turkum: So'ngi yangiliklari | Ko'rishlar: 765 | Qo'shilgan: ADMIN | Reyting: 0.0/0
         Kirish

    Логин:
    Пароль:
         Аудио
        Taqvim
        Андроид
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
    Kechirasiz Surat yo'q
        Фото
        Мултфилм Музика







Design by © Diydor